BMT 2028-yilni Xalqaro huquq yili deb e’lon qildi

eʼlon qilindi
Tashabbusni Turkmaniston ilgari surgan
BMT Ukrainada barqaror tinchlikni qo‘llab-quvvatlash rezolyutsiyasini qabul qildi
Foto: BMT

BMT Bosh Assambleyasi Turkmaniston tashabbusi bilan 2028-yilni Xalqaro huquq yili deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Business Turkmenistan yozishicha, hujjat 78 davlat tomonidan hammualliflikda qo‘llab-quvvatlandi.

Rezolyutsiya konsensus asosida qabul qilindi

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, «2028-yil — Xalqaro huquq yili» deb nomlangan rezolyutsiya 24-iyul kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi 106-yalpi majlisida qabul qilingan.

Hujjat ovoz berishsiz, konsensus asosida ma’qullandi.

Tashabbusni Turkmaniston ilgari surgan

Rezolyutsiya loyihasini taqdim etgan Turkmaniston delegatsiyasi bugungi global o‘zgarishlar sharoitida xalqaro huquqqa hurmatni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

Delegatsiyaga ko‘ra, xalqaro huquqni mustahkamlash xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish hamda samarali ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur.

Turkmaniston bu qarorni xalqaro e’tirof deb baholadi

Turkmaniston TIVga ko‘ra, rezolyutsiyaning qabul qilinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan mamlakatning xalqaro huquq ustuvorligini targ‘ib qilish borasidagi sa’y-harakatlari e’tirof etilganini ko‘rsatadi.

Vazirlik, shuningdek, bu qaror BMT doirasida tinchlik, ishonch va konstruktiv ko‘p tomonlama muloqot madaniyatini mustahkamlashga xizmat qilishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii norasmiy bandlik mamlakat mehnat bozoridagi muhim muammolardan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidlagandi. Uning aytishicha, ko‘plab ishchilar rasmiy mehnat munosabatlaridan tashqarida qolayotgani sabab ijtimoiy sug‘urta, pensiya va mehnat xavfsizligi kafolatlaridan foydalana olmayapti. 

Shuningdek