Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

28-iyul 2026 15:00 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Foto: Goal.com

Fransiya futbol federatsiyasi Zinedin Zidanni mamlakat milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib rasman tayinladi. U 14 yil davomida jamoani boshqargan Dide Desham o‘rnini egalladi.

54 yoshli mutaxassis terma jamoa bilan 2030-yilgi Jahon chempionatigacha mo‘ljallangan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Bu uning 2021-yilda Madridning «Real» klubini tark etganidan keyingi ilk murabbiylik faoliyati bo‘ladi.

Zidan futbolchilik faoliyati davomida Fransiya bilan 1998-yilgi Jahon chempionati va 2000-yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan. Murabbiy sifatida esa «Real»ni ketma-ket uch marta UEFA Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirib, zamonaviy futbolning eng muvaffaqiyatli murabbiylaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

«Fransiya terma jamoasidan ulug‘roq narsa yo‘q. Bu men uchun katta faxr va ulkan mas’uliyat», — deya ta’kidladi Zidan.

Zidanning boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi ilk rasmiy uchrashuvini sentabr oyida UEFA Millatlar ligasi doirasida o‘tkazadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Klopp Germaniya murabbiyi sifatida tanishtirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek