32 sotix yer va 5 ming dollarlik soxta kadastr siri ochildi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
32 sotix yer va 5 ming dollarlik soxta kadastr siri ochildi
Foto: SI

Quvasoy shahrida hokimlik zaxirasidagi yer maydonini sotish va soxta kadastr hujjatlarini tayyorlash bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda ikki fuqaro o‘zaro til biriktirib, boshqa bir fuqaroga tuman hokimligi zaxirasidagi 32 sotix yer maydonini turar joy sifatida rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan.

Soxta hujjat sxemasi

Ular fuqaroning ishonchiga kirib, yer uchastkasiga oid soxta kadastr yig‘ma jildini tayyorlab bergan va buning evaziga $5 mingni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Tekshiruv davomida olingan mablag‘ning $2,4 mingi hamda 7,2 mln so‘mi jabrlanuvchiga qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanishga oid moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kadastr tizimidagi poraxo‘rlar ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek