Alkogol uchun aksiz solig‘ini oshirish taklif qilindi

eʼlon qilindi
2027-yil uchun taklifda aroq, konyak va boshqa alkogolli mahsulotlar bo‘yicha umumiy aksiz yukini 63 ming so‘mdan 70 ming so‘mga, ya’ni 11,1 foizga oshirish nazarda tutilmoqda
Alkogol uchun aksiz solig‘ini oshirish taklif qilindi
Foto: depositphotos

Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish, fiskal tahlillar instituti 2027-yildan alkogol uchun aksiz solig‘ini oshirishni taklif qildi. Tashabbus 30-iyul kuni Toshkentda o‘tkazilgan «Fiskal muloqot» tadbirida taqdim etildi, deya ma’lum qildi «Kursiv» muxbiri.

Institut ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy va import aroq mahsulotlariga qo‘llanadigan aksiz stavkalari 2026-yil 1-iyuldan Jahon savdo tashkiloti talablari asosida tenglashtirilgan. Bungacha 2024-yilda mahalliy mahsulot uchun stavka litri uchun 38 ming so‘mni, import mahsulot uchun esa 101,5 ming so‘mni tashkil qilgan. 2026-yil iyulidan har ikkala toifa uchun stavka 48 ming so‘m etib belgilangan.

Qanchaga oshishi mumkin?

Foto: Kursiv Uzbekistan

2027-yil uchun taklifda aroq, konyak va boshqa alkogolli mahsulotlar bo‘yicha umumiy aksiz yukini 63 ming so‘mdan 70 ming so‘mga, ya’ni 11,1 foizga oshirish nazarda tutilmoqda. Etil spirti uchun stavkani 15 ming so‘mdan 25 ming so‘mga ko‘tarish taklif qilingan, bu 66,7 foizlik o‘sishni anglatadi.

Kuchaytirilgan vino aksizini 12 ming so‘mdan 12,6 ming so‘mga, tabiiy vino stavkasini 10 ming so‘mdan 10,5 ming so‘mga, pivo aksizini esa 4 ming so‘mdan 4,2 ming so‘mga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu mahsulotlar bo‘yicha o‘sish 5 foizni tashkil etadi.

Institut hisob-kitobiga ko‘ra, taklif etilayotgan stavkalar Davlat budjetiga qo‘shimcha 62,1 mlrd so‘m tushum keltirishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» bank depozitlari bo‘yicha foizlar soliqqa tortilishi taklif qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek