Ferrari Luce uchun yillik savdo rejasi iyul oyidayoq bajarildi

30-iyul 2026 16:24 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Ferrari 500 ta Luce elektromobilini reja muddatidan oldin sotdi
Foto: Finansical Times

Ferrari Luce elektromobili sotuvi ishlab chiqaruvchi kompaniyaning 2026-yil uchun belgilagan rejasidan oshib ketgan. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Ferrari 2026-yilda 500 ta Luce elektromobilini sotishni rejalashtirgan. Biroq ushbu ko‘rsatkich iyul oyi boshidayoq bajarilgan.

2030-yilgacha 2,6 mingta elektromobil sotish rejalashtirilgan

Manbalarning ta’kidlashicha, Ferrari 2030-yilgacha jami 2,6 mingta Luce elektromobilini sotishni maqsad qilgan. Kompaniya bu boradagi rasmiy savdo ko‘rsatkichlarini hozircha e’lon qilmagan.

Xitoyda talab yuqori bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, Ferrari’ning ilk elektromobili ayniqsa Xitoy bozorida xaridorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan. Biroq alohida mamlakatlar bo‘yicha aniq savdo raqamlari ochiqlanmagan.

Dizayn tanqid qilindi, ammo bu savdoga ta’sir qilmadi

Ferrari Luce 2026-yil may oyida taqdim etilgan edi. Avtomobil internet foydalanuvchilari tomonidan bahsli dizayni sabab turlicha baholangan.

Taqdimotdan ko‘p o‘tmay Ferrari marketing bo‘limi rahbari lavozimini tark etdi. Biroq Financial Times manbalariga ko‘ra, bu qaror elektromobil taqdimotidan ancha oldin qabul qilingan va Luce modeli bilan bog‘liq emas.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ferrari Luce avtomobilining dizayni tanqid qilinayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek