Omonatlardan olinadigan foiz daromadlariga soliq solish masalasi rasmiy kiritilmagan — MB

eʼlon qilindi
Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
1-apreldan nimalar o‘zgaradi
Foto: Getty Images

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda bank omonatlaridan olinadigan foiz daromadlariga soliq solinishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Avvalroq Toshkent shahrida o‘tgan «Fiskal muloqot» tadbirida «Kursiv» muxbiri O‘zbekistonda bank depozitlari bo‘yicha foizlarni soliqqa tortish taklif etilgani haqida yozgandi.

Markaziy bank yozishicha, muhokamalarga sabab bo‘lgan fikr Fiskal tahlillar instituti tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-tahliliy tadqiqot doirasida ilgari surilgan bo‘lib, rasmiy taklif sifatida kiritilmagan.

Ilmiy tadqiqot doirasida bildirilgan

Markaziy bank qayd etishicha, ilmiy-tadqiqot muassasalari xalqaro tajriba va iqtisodiy jarayonlarni o‘rganib, turli tahliliy takliflarni ilgari surishi tabiiy hisoblanadi.

Mazkur masala ham ilmiy-tadqiqot natijalari taqdimoti davomida muhokama qilingan bo‘lib, amaliyotga joriy etish uchun rasmiy tashabbus emas.

Har qanday taklif kompleks baholanadi

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, bu kabi takliflar ko‘rib chiqilganda ularning moliyaviy resurslar qiymatiga, banklarning resurs bazasi hamda mamlakat moliyaviy barqarorligiga ta’siri har tomonlama baholanadi.

Shu tariqa, regulyator omonatlar bo‘yicha foiz daromadlariga soliq joriy etilishi haqida hozircha rasmiy taklif mavjud emasligini ma’lum qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan omonat va kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan «bankir»lar ushlangani haqida yozgandi.

Shuningdek