Qualcomm 1-sentabrdan mahsulotlari narxini oshiradi

30-iyul 2026 15:56 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Qualcomm 1-sentabrdan mahsulotlari narxini oshiradi
Foto: depositphotos.com

Qualcomm 1-sentabrdan mahsulotlari narxini oshirishini rasman tasdiqladi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Avvalroq kompaniya narxlarni ikki xonali foiz miqdorida oshirishni rejalashtirayotgandi. Endi bu ma’lumotni Qualcomm bosh direktori Kristiano Amon tasdiqladi.

Smartfon bozoridagi daromad 20 foizga kamaydi

Unga ko‘ra, Qualcomm 2026-yilning uchinchi choragi bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qilgan. Unda smartfonlar segmentidagi daromad 20 foizga kamaygani va bu ko‘rsatkich 2021-yildan buyon eng past darajaga tushgani qayd etilgan.

Narxlar nega oshirilmoqda

Kompaniya rahbari Kristiano Amonning aytishicha, bunga xotira mikrosxemalari narxining misli ko‘rilmagan darajada oshgani hamda yetkazib berishdagi cheklovlar sabab bo‘lgan. Shu bois Qualcomm daromaddagi pasayishni qoplash uchun o‘z mahsulotlari narxini oshirishga qaror qilgan.

Apple bilan hamkorlikdagi daromad ham kamayadi

Qualcomm Apple o‘z modemlarini ishlab chiqarishga o‘tayotgani sababli ushbu kompaniyaga yetkazib beriladigan mahsulotlardan olinadigan daromad ham kamayishini kutmoqda. Kompaniya bu yo‘qotishni boshqa biznes yo‘nalishlari hisobidan qoplashni rejalashtirmoqda.

Smartfonlarga qaramlikni kamaytirish rejalashtirilgan

Hozirda Qualcomm daromadining yarmidan ko‘pi mobil qurilmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Kompaniya 2029-yilgacha biznesini diversifikatsiya qilib, smartfon va shunga o‘xshash qurilmalar ulushini umumiy aylanmaning uchdan bir qismigacha kamaytirishni maqsad qilgan.

Android qurilmalari qimmatlashishi mumkin

Qualcomm narxlarni aynan necha foizga oshirishi hozircha ochiqlanmagan. Shuningdek, bu qaror Android smartfonlari narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ham hozircha noma’lum.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung mobil bo‘linmasi tarixda ilk bor zarar ko‘rgani haqida yozgandi.

Shuningdek