Shavkat Mirziyoyev I darajali «Manas» ordeni bilan taqdirlandi

eʼlon qilindi
Mukofotni Sadir Japarov topshirdi
Shavkat Mirziyoyev I darajali «Manas» ordeni bilan taqdirlandi
Foto: prezident.uz

Qirg‘izistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyevni I darajali «Manas» ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qirg‘iz Respublikasining oliy davlat mukofotini O‘zbekiston yetakchisiga prezident Sadir Japarov topshirdi.

«Bu ikki xalq do‘stligining e’tirofi»

Shavkat Mirziyoyev qardosh Qirg‘iziston prezidenti va xalqiga samimiy minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarning yuksak e’tirofi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.

Davlat rahbari, shuningdek, orden O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarning yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilganini ham ifodalashini qayd etdi.

«Manas» ordeni haqida

Foto: prezident.uz

«Manas» ordeni 1996-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Qirg‘izistonning eng oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. U mamlakat fuqarolari va xorijliklarga davlatchilikni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oliy Majlis Senati raisi «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangani haqida yozgandi.

Shuningdek