Dollar yangi haftaning ilk kunida pasayadi: 3-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

3-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 46,21 so‘mga tushib, 12 960,13 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
24-iyul kuni 53 so‘mga oshib, 12 101,84 so‘m, 27-iyul kuni 82,76 so‘mga tushib, 12 019,08 so‘m, 28-iyul kuni esa 30,16 so‘mga tushib, 11 988,92 so‘m bo‘ldi. Dollar 29-iyul kuni 61,42 so‘mga oshib, 12 050,34 so‘m, 30-iyul kuni esa 15,08 so‘mga tushib, 12 035,26 so‘mga, 31-iyul kuni 28,87 so‘mga tushib, 12 006,39 so‘m yetgan edi.
Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 3,95 so‘mga tushib, 13 761,38 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli pasaydi. Rubl kursi 0,02 so‘mga tushib, 150,42 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.