Apple, Google va Meta O‘zbekistonda 143,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi

eʼlon qilindi
Soliq tushumlari bir yilda 84 foizga oshdi
Apple выпустила новую бета-версию iOS 27.2 с обновленной Siri
Foto: Laurenz Heymann / Unsplash

2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 97 ta xorijiy kompaniya davlat budjetiga 143,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 84 foizga ko‘p.

Apple va Google eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar bo‘ldi

Soliq to‘lovlari hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Apple egalladi. Kompaniya yarim yilda 33,6 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Undan keyingi o‘rinlarda:

  • Google — 33,3 mlrd so‘m;
  • Meta — 28,9 mlrd so‘m;
  • Valve Corp. — 15,8 mlrd so‘m;
  • Anthropic — 6,3 mlrd so‘m;
  • OpenAI — 5,6 mlrd so‘m;
  • Midasbuy — 2,9 mlrd so‘m;
  • Booking.com — 2,6 mlrd so‘m;
  • TikTok — 1,6 mlrd so‘m;
  • Anysphere — 1,5 mlrd so‘m.

Hisobotlar har chorakdan keyin topshiriladi

Amaldagi Soliq kodeksiga muvofiq, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy yuridik shaxslar soliq hisobotini har chorakdan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etishi hamda soliqlarni shu muddatda to‘lashi shart.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bank depozitlari bo‘yicha foizlar soliqqa tortilishi taklif qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek