
«Manchester Siti» Gongkongda yangi safar libosini namoyish qildi. Taqdimotda jamoa futbolchilari Fil Foden, Abduqodir Husanov va Rayan Mak-Eydu ishtirok etdi.
Yangi forma Gongkong bandargohidagi suzuvchi maydonda taqdim etildi. Tadbirda ko‘plab muxlislar qatnashdi.
Sahnaga chiqqan futbolchilar orasida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham bo‘ldi. U Fil Foden va Rayan Mak-Eydu bilan birga klubning yangi safar libosini namoyish qildi.
Forma asalari ramzidan ilhomlangan
«Manchester Siti»ning yangi safar formasi qora va sariq ranglarda ishlab chiqilgan. Puma tomonidan tayyorlangan libosda ishchi asalarilar tasviri aks etgan.
Klubga ko‘ra, asalari Manchester shahrining taniqli ramzlaridan biri hisoblanadi. U mehnat, birlik va bardoshlilikni ifodalaydi.
Puma formaga alohida ma’no berilganini aytdi

Puma vitse-prezidenti Dominik Gotyening aytishicha, ushbu forma futbolchilarga yuqori darajada o‘ynash uchun qulaylik berishi bilan birga, shahar va muxlislar uchun ham ma’noga ega bo‘lishi kerak.
Uning ta’kidlashicha, formadagi har bir detal «Manchester Siti»ning o‘ziga xosligi va klub atrofidagi madaniyatni aks ettirish uchun ishlab chiqilgan.
Klub mavsumoldi o‘yinlariga tayyorlanmoqda
«Manchester Siti» Osiyoda mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inini davom ettirmoqda. Jamoa oldinda Inter Milan bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan shartnomasini 2031-yilga qadar uzaytirgani haqida xabar berilgandi. Husanov bilan shartnomaning yangilanishi Enso Mareska «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimiga kelganidan keyingi dastlabki muhim kadrlarga oid qarorlardan biri boʻldi.