Ispaniya hududiga bir kunda minglab migrantlar kirdi

eʼlon qilindi
30-iyul kuni hududga 2 mingdan 3 minggacha odam kirgan bo‘lishi mumkin
Ispaniya hududiga minglab migrantlar kirib kelmoqda
Foto: EPA

Ispaniya hukumati Marokashdan minglab migrantlar kirib kelganidan so‘ng Shimoliy Afrikadagi Seuta shahriga qo‘shimcha harbiylar va politsiya xodimlarini yubordi. Ispaniya davlat televideniyesi ma’lumotiga ko‘ra, 30-iyul kuni hududga 2 mingdan 3 minggacha odam kirgan bo‘lishi mumkin.

Migrantlarning aksariyati qirg‘oqdagi beton to‘siqlardan tushib, Marokash va Seuta o‘rtasidagi chegara hududini dengiz orqali suzib o‘tgan. Ayrimlar rezina chambaraklar va boshqa suzish vositalaridan foydalangan, boshqalari esa quruqlikdagi chegara darvozalaridan o‘tishga uringan. Qisqa vaqt ichida migrantlarni qabul qilish markazlari to‘lib, mahalliy xizmatlar imkoniyatidan ortiq yuklama ostida qolgan.

Jabrlanganlar qancha

Hodisa vaqtida halok bo‘lganlar soni haqidagi ma’lumotlar yangilanib bormoqda. Reuters va Associated Press dastlab kamida to‘qqiz kishining jasadi topilganini xabar qilgan. Ispaniyaning El País nashri keyinroq dengiz orqali Seutaga yetib borishga uringan kamida 18 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Ispaniya hukumati Seutadagi Fuqarolik gvardiyasiga yordam berish uchun 200 nafar qo‘shimcha politsiyachi va 60 nafar harbiyni safarbar qildi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi qurolli kuchlar shaharda xavfsizlikni ta’minlash va chegarani nazorat qilishda Fuqarolik gvardiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Avvalroq «Kursiv» Ispaniya futbolchilari chempionlikni $800 minglik sharob bilan nishonlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek