Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik noqonuniy dori topildi

eʼlon qilindi
29 ming dona
Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik noqonuniy dorilar topildi
Foto: DXX

Namangan shahridagi xonadonning yashirin omborxonasidan tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan qariyb 29 ming dona dori vositasi topildi. Ularning taxminiy qiymati 1,4 mlrd so‘mni tashkil etadi, deya xabar berdi DXX.

Holat qanday fosh etildi

DXX, Bojxona qo‘mitasi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan shaxsning xonadoni ko‘zdan kechirildi.

Foto: DXX

Tekshiruv vaqtida xonadonning yashirin omborxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, biroq tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan 28 turdagi jami 28 928 dona dori vositasi saqlanayotgani aniqlandi. Ular orasida «Ortofen», «Neyroks», «Tirozol» va «Siofor» kabi preparatlar bor.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur dori vositalari O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilgan. Aniqlangan mahsulotlar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda dori vositalarining tarkibi va sifatini aniqlash maqsadida ekspertiza tekshiruvlari tayinlangan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri sanitariya xulosasi uchun 9 mln so‘m talab qilgan mansabdor shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek