Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin

1-2-avgust kunlari aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ayrim banklar odatdagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Quyidagi tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari aholiga xizmat ko‘rsatadi:
Agro bank
Apex bank
Milliy bank
Tenge bank
Hamkor bank
Anor bank
Garant bank
Hayot bank
SQB
Trast bank
Ipoteka bank
Infin bank
BRB
Ipak Yo’li bank
Xalq banki
OFB
Saderat bank
MKbank
Poytaxt bank
Asakabank
Shuningdek, fuqarolar valyutani sutkaning istalgan vaqtida bank binosiga bormasdan, tijorat banklarining mobil ilovalari yoki 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali ayirboshlashi mumkin.
Bundan tashqari, dam olish kunlari ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida ayrim tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dollar kursi hafta davomida qanchaga tushgani haqida xabar berilgandi. Hafta davomida dollar kursi besh savdo kunining to‘rttasida pasaydi va faqat bir kun o‘sdi. Kunlik o‘zgarishlar hisobga olinsa, AQSH valyutasi hafta yakunida jami 12,69 so‘mga yoki arzonlashdi.