iPhone 18 Pro narxi kamida 300 dollarga oshishi mumkin

1-avgust 2026 12:44 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
iPhone 18 Pro narxi kamida 300 dollarga oshishi mumkin
Foto: ITC.ua

Apple’ning sentabr oyida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari hozirgi iPhone 17 Pro seriyasiga qaraganda kamida $250–300 ga qimmatroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda tahlilchi Jeff Pu ma’lum qildi.

Tahlilchiga ko‘ra, yangi iPhone 18 Pro modellari narxining oshishiga ikki asosiy omil ta’sir qilmoqda. Birinchisi — 2 nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqariladigan A20 chiplarining qimmatlashuvi.

Ikkinchi omil esa DRAM va NAND flesh-xotira narxlarining o‘sishda davom etishi. Bu holat sun’iy intellekt infratuzilmasi uchun zarur bo‘lgan komponentlarga talab yuqoriligi bilan izohlanmoqda.

Eng qimmat versiyalar yanada qimmat bo‘lishi mumkin

Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 18 Pro’ning bazaviy modeli iPhone 17 Pro’ning dastlabki narxlariga nisbatan $250–300 ga qimmatlashadi.

Katta xotiraga ega yuqori talqinlar narxi esa bundan ham ko‘proq oshishi mumkin.

Apple xarajatlarni qoplamoqchi

Apple uskunalar ishlab chiqarishdagi xarajatlar bosimini yuqori toifadagi modellar narxini o‘zgartirish orqali qoplashga urinmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya birinchi buklanadigan iPhone uchun tadqiqot va ishlanmalarga ketgan dastlabki xarajatlarni ham hisobga olmoqda. Bu Apple’ning umumiy foyda darajasini muvozanatda ushlab turishga xizmat qilishi mumkin.

iPhone 18 Pro to‘liq yangilanish oladi

Kutilishicha, iPhone 18 Pro seriyasi yangi avlod chipi bilan jihozlanadi. Bu Apple Intelligence funksiyalarini qurilmaning o‘zida ishlatish imkoniyatlarini kuchaytiradi.

Shuningdek, yangi kamera sensori, yaxshilangan teleobyektiv, korpus materiallari va issiqlikni tarqatish tizimi bo‘yicha ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Buklanadigan iPhone ham kutilmoqda

Apple sentabr oyida iPhone 18 Pro seriyasi bilan birga o‘zining ilk buklanadigan iPhone modelini ham namoyish qilishi mumkin.

Uning narxi $2 mingdan yuqori bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Standart iPhone 18, iPhone 18e va iPhone Air 2 modellari esa 2027-yil bahorida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple, Google va Meta O‘zbekistonda 143,8 mlrd so‘m soliq to‘lagani haqida xabar berilgandi. Soliq to‘lovlari hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Apple egalladi. Kompaniya yarim yilda 33,6 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Shuningdek