Bibisara Assaubayeva FIDE reytingida 5-o‘rinda qoldi

2-avgust 2026 09:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Bibisara Assaubayeva FIDE reytingida 5-o‘rinda qoldi
Foto: Instagram/ Bibisara Assaubayeva

Qozog‘istonlik grossmeyster Bibisara Assaubayeva Xalqaro shaxmat federatsiyasining 1-avgust kuni e’lon qilingan yangilangan ayollar reytingida beshinchi o‘rinni saqlab qoldi. Reyting tashkilot saytida e’lon qilindi.

22 yoshli shaxmatchining reytingi 2 538 ochkoni tashkil etdi. U iyul oyida ilk bor ushbu pog‘onaga ko‘tarilib, faoliyatidagi eng yuqori natijani qayd etgan edi.

Reyting yetakchilari

Assaubayeva dunyoning eng kuchli besh ayol shaxmatchisi orasidagi Xitoydan bo‘lmagan yagona vakil bo‘lib turibdi. Reytingda 2 596 ochko bilan Xou Ifan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni Ley Tinsze — 2 561, amaldagi jahon chempioni Szyuy Venszyun — 2 553 va Chju Szyiner — 2 550 ochko bilan egallagan. Assaubayevani to‘rtinchi o‘rindan 12, yetakchidan esa 58 ochko ajratib turibdi.

Ekran tasviri/ fide.com

Qozog‘istonlik shaxmatchi 2026-yil boshida 2 497 ochko bilan jahon reytingining 11-pog‘onasida edi. Yetti oy ichida u 41 ochko jamg‘arib, olti pog‘onaga yuqoriladi. Assaubayeva Kiprda o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi Nomzodlar turnirida ikkinchi o‘rinni egalladi, Norway Chess Women musobaqasidagi g‘alabadan so‘ng esa ilk bor dunyoning eng kuchli besh shaxmatchisi qatoriga kirdi.

Bibisara Assaubayeva xalqaro grossmeyster, blits bo‘yicha uch karra jahon chempioni hamda Qozog‘iston ayollar terma jamoasi yetakchisi hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Javohir Sindarov va Bibisara Assaubayevaning sevgi hikoyasi haqida yozgan edi.

Shuningdek