Namanganda 1,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Namanganda 1,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Foto: Pexels

Namangan viloyatining Chust tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida 1,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruv davomida yakka tartibdagi tadbirkor «Kamarsada» mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangani ma’lum bo‘ldi. Natijada 1,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bo‘stonliqda ham

Bo‘stonliq tumanida fuqaro «Beshtut» mahallasidagi dala hovlisida tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 278 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Namangan va Toshkent viloyatlarida 11,7 kg giyohvandlik moddasi musodara qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek