Dollar oshdi: 4-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
3-avgust kuni 46,21 so‘mga tushib, 12 960,13 so‘mga pasaygan edi
Dollar oshdi: 4-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

4-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 29,28 so‘mga oshib, 11 989,14 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

27-iyul kuni 82,76 so‘mga tushib, 12 019,08 so‘m, 28-iyul kuni esa 30,16 so‘mga tushib, 11 988,92 so‘m bo‘ldi. Dollar 29-iyul kuni 61,42 so‘mga oshib, 12 050,34 so‘m, 30-iyul kuni esa 15,08 so‘mga tushib, 12 035,26 so‘mga, 31-iyul kuni 28,87 so‘mga tushib, 12 006,39 so‘m yetgan edi. 3-avgust kuni 46,21 so‘mga tushib, 12 960,13 so‘mga pasaydi.

Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 54,07 so‘mga oshib, 13 815,45 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli pasaydi. Rubl kursi 0,94 so‘mga tushib, 149,48 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek