Dollarni kutish vaqti uzaydi: kurs 17:30 da chiqadi

O‘zbekistonda 2026-yil 10-avgustdan boshlab valyuta birjasidagi savdolar soat 17:00 gacha davom etadi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi. Unga ko‘ra, dollar har bir bank ish kuni soat 17:30 da Markaziy bankning rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Savdolar vaqtining uzaytirilishiga sabab nima
Savdo vaqtining uzaytirilishi ichki valyuta bozorini yanada rivojlantirish va banklarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Yangi tartib banklarga kun davomida valyuta likvidligini samaraliroq boshqarish, mijozlarning to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi.
Mazkur kurslardan buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda amaldagi tartibda foydalaniladi. Rasmiy valyuta kurslari Markaziy bank saytining «Valyutalar kurslari arxivi» bo‘limida muntazam joylashtirib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 3-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.