Kozyavkin va hamkorlari: O‘zbekistondagi ilk legal bukmekerlik kompaniyalari kimga tegishli

eʼlon qilindi
Olimpbet va Aurum Vale kompaniyalari
Kozyavkin va hamkorlari: O‘zbekistondagi ilk legal bukmekerlik kompaniyalari kimga tegishli
Foto: depositphotos.com

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) O‘zbekistonda ilk bor bukmekerlik faoliyati va internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish uchun litsenziyalar berdi. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Litsenziyalarni Olimpbet va Aurum Vale kompaniyalari qo‘lga kiritdi.

ILMA litsenziyalar reyestriga ko‘ra, har ikkala kompaniyaga internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish hamda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun alohida litsenziyalar berilgan. Ular 2026-yil 31-iyuldan kuchga kirgan bo‘lib, besh yil — 2031-yil 30-iyulgacha amal qiladi.

Olimpbet egalari kimlar

Yagona davlat korxonalari va tashkilotlari reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Olimpbet MChJ 2021-yil 2-iyunda ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniyaning ustav kapitali 63,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Ta’sischilar quyidagilar:

  • Rif Sharayev — 50%;
  • Sergey Kozyavkin — 17,5%;
  • Darina Denisova — 16,25%;
  • Andrey Petuxov — 16,25%.

Aurum Vale yagona ta’sischiga ega

2025-yil 14-iyulda ro‘yxatdan o‘tgan Aurum Vale MChJning ustav kapitali 67,2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Kompaniyaning yagona ta’sischisi — Abror Shermatov. Korxona Oltinbet brendi ostida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda bukmekerlik bozori rasman ishga tushmoqda

Mazkur litsenziyalar O‘zbekistonda onlayn bukmekerlik va internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar bozorini huquqiy tartibga solish tizimi doirasida berilgan ilk ruxsatnomalar hisoblanadi. Endilikda litsenziya olgan operatorlar belgilangan qonunchilik talablari asosida faoliyat yuritadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan blogerlar javobgarlikka tortilgani haqida yozgandi.

Shuningdek