Quvasoyda 1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

eʼlon qilindi
Nasos stansiyasi tarmoqqa noqonuniy ulangan
Quvasoyda 1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Foto: «O‘zenergoinspeksiya»

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bosh prokuratura shtabi o‘tkazgan nazorat tadbirida fuqaro M.K.ga qarashli nasos stansiyasi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangani ma’lum bo‘ldi.

Nasos stansiyasi tarmoqqa noqonuniy ulangan

Tekshiruv davomida nasos stansiyasi elektr tarmog‘iga belgilangan tartibga zid ravishda ulangani aniqlangan.

Ushbu holat orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aytilmoqda.

Zarar 1,8 mlrd so‘mdan oshgan

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vaziri va «Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari ishdan olingani, yana qator rahbarlarga sinov muddati berilgani haqida xabar berilgandi. Xususan, «Milliy elektr tarmoqlari», «Issiqlik elektr stansiyalari», «Transgaz» va «Hududgaz» rahbarlariga esa yil yakunigacha sinov muddati belgilandi. Natija bo‘lmasa, ular ham ishdan ketishi haqida ogohlantirildi.

Shuningdek