Dollar tushdi: 5-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

4-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 47,25 so‘mga tushib, 11 942,21 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
28-iyul kuni esa 30,16 so‘mga tushib, 11 988,92 so‘m bo‘ldi. Dollar 29-iyul kuni 61,42 so‘mga oshib, 12 050,34 so‘m, 30-iyul kuni esa 15,08 so‘mga tushib, 12 035,26 so‘mga, 31-iyul kuni 28,87 so‘mga tushib, 12 006,39 so‘m yetgan edi. 3-avgust kuni 46,21 so‘mga tushib, 12 960,13 so‘mga pasaydi. 4-avgust kuni esa o‘sish tendensiyasini ko‘rsatib, 11 989,14 so‘mni (+29,28) tashkil etdi.
Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 72,135 so‘mga tushib, 13 743,10 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli pasaydi. Rubl kursi 2,06 so‘mga tushib, 147,42 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.