Poytaxt avtobuslarida qoidabuzarliklar 50,5 foizga kamaydi
eʼlon qilindi
Sifat mezonlariga rioya qilish darajasi 46 foizga yetdi

2026-yilda Toshkent shahar avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma talablari bajarilishi yaxshilanib, sifat mezonlariga rioya qilish darajasi 46 foizga yetdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ xabar berdi.
Ma«lum qilinishicha, nazorat tadbirlari natijasida tashuvchi korxonalar tomonidan minimal talablarni buzish holatlari sezilarli darajada qisqargan. Xususan, 2026-yil boshidan buyon haydovchilar va avtobuslarga qo‘yilgan talablar buzilishi 50,5 foizga kamaygan.

Shuningdek, tashuvchi korxonalar tomonidan qatnovlarni belgilangan sifat mezonlariga muvofiq amalga oshirish ko‘rsatkichi ham yaxshilanib, 2026-yilda 46 foizga yetgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda ikki Yutong avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida yozgandi.