6-avgust kuni havo harorati 40 darajagacha isiydi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi
15-may kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

6-avgust kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati janubda 40 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda «O‘zgidromet» prognozi e’lon qilindi.

Farg‘ona vodiysi va tog‘li hududlarda esa qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq hamda sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.

Janubda havo 40 darajagacha isiydi

Unga ko‘ra, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzgi harorat 35–40 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa 34–39 darajagacha ko‘tariladi. Toshkent shahri va markaziy hududlarda havo 33–38 daraja atrofida bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Respublikaning qolgan hududlarida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tog‘li hududlarda sel xavfi

Sinoptiklar Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar sabab sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda shamol 13–18 m/s gacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreyada issiq sabab 16 ta o‘lim holati qayd etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek