Markaziy bank CBU-GPT sun’iy intellekt yordamchisini ishga tushirdi

Markaziy bank bank-moliya tizimida hujjatlar va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashni yengillashtiruvchi CBU-GPT sun’iy intellekt yordamchisini taqdim etdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Hozircha tizim test rejimida ishlamoqda.
Hujjatlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi

CBU-GPT hujjatlardagi asosiy bandlarni ajratish, eski va yangi tahrirlarni taqqoslash, murakkab tushunchalarni sodda izohlash hamda ma’lumotlarni tizimlashtirish imkoniyatiga ega. Shuningdek, u dasturlashga oid vazifalar uchun yechimlar tayyorlash va materiallarni turli axborot platformalari formatiga moslashtirishda ham yordam beradi.



Hozircha test rejimida ishlamoqda
Sun’iy intellekt yordamchisi orqali foydalanuvchilar fayllarni yuklab, muayyan mavzular bo‘yicha tahlil olishi va natijalarni qulay formatda shakllantirishi mumkin. Markaziy bank ma’lum qilishicha, CBU-GPT hozir test rejimida ishlamoqda va yaqin kunlarda bank hamda moliya sohasiga oid ma’lumotlardan foydalanish uchun barcha foydalanuvchilariga taqdim etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Soliq qo‘mitasi AI Soliq portalini ishga tushirgani haqida yozgandi.