Qirg‘iziston O‘zbekistondan oyiga 20 ming tonnagacha yonilg‘i import qilishi mumkin

eʼlon qilindi
Qirg‘iziston yonilg‘iga bo‘lgan ehtiyojining 90 foizdan ortig‘ini import hisobidan qoplaydi
AI-95 16 000 so‘m: benzin narxlari oshmoqda
Foto: depositphotos

Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston bilan oyiga 20 ming tonnagacha yonilg‘i yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, masala O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ham muhokama qilingan.

Yangi ta’minot manbalari izlanmoqda

Qirg‘iziston yonilg‘iga bo‘lgan ehtiyojining 90 foizdan ortig‘ini import hisobidan qoplaydi. Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat va logistika bilan bog‘liq muammolar sabab mamlakat yangi ta’minot yo‘nalishlarini izlamoqda. Shu maqsadda Rossiya, Belarus, Xitoy, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkiya hamda ayrim Yevropa davlatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

O‘zbekiston oyiga 20 ming tonnagacha yonilg‘i yetkazib berishi mumkin

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Qosimaliyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston oyiga 20 ming tonnagacha yonilg‘i eksport qilish imkoniyatiga ega. Uning aytishicha, bu masala O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan o‘tkazilgan muzokaralarda muhokama qilingan.

Hukumat narxlarni subsidiya bilan ushlab turmoqda

Qosimaliyevning ta’kidlashicha, jahon bozorida neft mahsulotlari narxining oshishi ichki bozorga ham bosim o‘tkazmoqda. Shu sabab hukumat dizel yonilg‘isi, AI-92 benzini va avtomobil gazini subsidiya qilishni davom ettirmoqda. Biroq kelgusida yonilg‘i narxlarini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan. Hozirda Qirg‘izistonda dizel va AI-92 benzini narxi O‘zbekiston hamda Tojikistondagiga nisbatan 20–25 som arzon ekani qayd etildi.

Avvalroq «Kursiv» nashri geosiyosiy vaziyat sabab O‘zbekistonda aviakerosinga talab 27 foizga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek