Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonida muammo aniqlandi

5-avgust 2026 11:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonida muammo aniqlandi
Foto: depositphotos

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonlari ekranida paydo bo‘layotgan qizg‘ish tus bilan bog‘liq muammoni rasman tan oldi. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda.

Kompaniyaning Samsung Members ilovasida Janubiy Koreyadagi foydalanuvchilar uchun e’lon qilingan bayonotiga ko‘ra, nosozlik smartfonning texnik qismlari bilan bog‘liq emas. Muammoga displeyni dasturiy kalibrlashdagi xatolik sabab bo‘lgan va uni ekranni qayta sozlash orqali bartaraf etish mumkin.

Kamchilik qanday bartaraf etiladi

Muammoga duch kelgan Galaxy S26 Ultra egalari Samsung kompaniyasining rasmiy servis markazlariga murojaat qilib, bepul kalibrlash xizmatidan foydalanishi mumkin. Kompaniya ushbu xizmat smartfonning kafolat muddati tugagan yoki tugamaganidan qat’i nazar, murojaat qilingan kunning o‘zida ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Samsung foydalanuvchilardan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘radi. Ishlab chiqaruvchi servis markaziga borishni talab qilmaydigan yechim ustida ham ishlamoqda. Rejalashtirilayotgan dasturiy yangilanish ekran kalibrovkasini masofadan turib avtomatik tuzatish imkonini beradi.

Yangilanishni chiqarish sanasi hozircha ma’lum qilinmagan. Samsung tayyorgarlik ishlari yakunlangach, yangi dasturiy ta’minotning taqdim etilish jadvali va boshqa tafsilotlarni e’lon qilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S27 Ultra kamerasi o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek