Lifestyle

2026-yilning kuzida qanday kiyinish uslublari trendda bo‘ladi

Who What Wear nashri sharhlovchilariga ko‘ra
2026-yilning kuzida qanday kiyinish uslublari trendda bo‘ladi
Foto: Launchmetrics/Spotlight

Moda mutaxassislari 2026-yil kuz mavsumining asosiy tendensiyalarini e’lon qildi. Yangi mavsumda yorqin ranglar, hajmli aksessuarlar va o‘tgan o‘n yilliklardan ilhomlangan siluetlar yana urfga kiradi.

Who What Wear nashri sharhlovchilariga ko‘ra, bu kuzda minimalistik uslub o‘rnini yorqin fakturalar, e’tiborni tortuvchi detallar va retro uslubdagi kiyimlar egallaydi.

Yorqin aksessuarlar trendda

Mutaxassislar timsoh terisi naqshli sumkalar, yirik broshlar hamda gulli aplikatsiyalar bilan bezatilgan taqinchoqlarni mavsumning eng dolzarb aksessuarlari qatoriga kiritdi.

Shuningdek, yorqin kolgotkalar ham yana ommalashmoqda. Podiumlarda oq rangdagi no‘xatli, to‘q ko‘k va teksturali kaşmir matodan tayyorlangan modellarga alohida e’tibor qaratildi.

Retro uslubdagi kiyimlar qaytmoqda

Kuzgi garderob uchun baskali maksi ko‘ylaklar, kalta kengayuvchi shimlar va yubkali kostyumlar tavsiya etilgan. Shuningdek, rombsimon naqshli kardiganlar, gobelen printli kiyimlar, atlas kombinatsiya ko‘ylaklar hamda baland yoqali paltolar ham dolzarb bo‘lib qoladi.

Bunday modellar «Celine», «Chanel», «Gucci», «Jil Sander» va «The Row» brendlarining yangi kolleksiyalarida namoyish etilgan.

Oyoq kiyimida qulaylik ustuvor

Moda ekspertlari past poshnali tuflilar, baland etiklar va T-shaklidagi tasma bilan bezatilgan modellarni garderobda saqlab qolishni tavsiya qilmoqda.

Ularning fikricha, mavsumning asosiy qoidasi — sodda va qulay obrazni bitta yorqin detal bilan boyitishdir. Shu sababli yangi trendlarni kundalik garderobga katta o‘zgarishlarsiz ham moslashtirish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Irina Sheyk moda jurnali muqovasidan joy olgani haqida yozgandi.