7-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab 40 darajagacha issiq kuzatiladi

eʼlon qilindi
Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi
7-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Sun’iy intellekt

7-avgust kuni respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Eng yuqori havo harorati Qashqadaryo va Surxondaryoda 40 darajagacha ko‘tariladi, tog‘li hududlarda esa qisqa muddatli yomg‘ir va sel-suv toshqinlari xavfi saqlanib qoladi.

Toshkentda 37 darajagacha issiq bo‘ladi

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21–23, kunduzi 35–37 daraja bo‘ladi.

Ayrim hududlarda havo 40 darajagacha isiydi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 34–39 darajani tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo eng issiq bo‘lib, kunduzi 35–40 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida harorat 33–38 daraja, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa 33–38 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Tog‘li hududlarda sel xavfi saqlanib qoladi

Respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi hamda tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Tog‘larda havo harorati kechasi 13–18, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 6-avgust kuni havo harorati 40 darajagacha isishi haqida yozgandi.

Shuningdek