26 mln so‘m evaziga tibbiyotga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Buxoro viloyatida fuqaroni tibbiyot yo‘nalishiga 4-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan
26 mln so‘m evaziga tibbiyotga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti

Buxoro viloyatida fuqaroni tibbiyot yo‘nalishiga 4-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani xabar qilindi. U qalbaki hujjatlar tayyorlash va tanishlari orqali o‘qishga joylashtirish evaziga 26 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorako‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro X.T. fuqaro D.O.ning ishonchiga kirgani aniqlangan.

Qalbaki hujjat tayyorlashni va’da qilgan

Ma’lumotlarga ko‘ra, X.T. D.O.ga Qozog‘istondagi oliy o‘quv yurtlaridan birida 1–3-kurslarda o‘qiganligi haqida qalbaki hujjatlar tayyorlab berishini aytgan.

Shuningdek, u yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali D.O.ni Buxoro Innovatsion ta’lim va tibbiyot universitetining tibbiyot yo‘nalishiga 4-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

26 mln so‘m olayotganda ushlangan

X.T. ushbu xizmat evaziga 26 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berishga oid moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ish yuzasidan barcha holatlarni aniqlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq akademik litseylarga kirish bo‘yicha mandat e’lon qilingandi. Abituriyentlar natijalarni my.edu.uz va my.gov.uz platformalaridagi «Shaxsiy kabinet» orqali bilishlari mumkin.

Shuningdek