Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi
eʼlon qilindi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi va Angliyaning «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning bobosi Husan bobo olamdan o‘tdi. Bu haqda «Bunyodkor» klubining rasmiy sahifasi xabar berdi.
Klub U19 jamoasi murabbiyi Hikmat Hoshimov (Husanovning otasi) ning padari vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolariga va barcha yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametovaning onasi vafot etgani haqida xabar bergan edi.