Dollar oshdi: 10-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar 7-avgust kuni 28,92 so‘mga oshib, 11 915,64 so‘mni tashkil etgan edi
Dollar oshdi: 10-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

10-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 36,46 so‘mga oshib, 11 952,10 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 3-avgust kuni 46,21 so‘mga tushib, 12 960,13 so‘mga pasaydi. 4-avgust kuni esa o‘sish tendensiyasini ko‘rsatib, 11 989,14 so‘mni (+29,28) tashkil etdi. 5-avgustga kelib AQSh valyutasi pasaya boshladi, shu kuni 7,25 so‘mga tushib, 11 942,21 so‘m, 6-avgustda esa 55,49 so‘mga tushib, 11 886,72 so‘m bo‘ldi. 7-avgust kuni 28,92 so‘mga oshib, 11 915,64 so‘mni tashkil etdi. 

Yevro kursida ham oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 30,12 so‘mga oshib, 13 779,58 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli pasaydi. Rubl kursi 0,98 so‘mga tushib, 145,21 so‘mni tashkil qildi.

Global bozorda dollar qanday o‘zgaradi

Tashqi barqarorlik ortida AQShga yo‘naltirilayotgan xalqaro kapital tarkibida muhim o‘zgarish yuz bermoqda. Xorijiy investorlarning Amerika davlat obligatsiyalariga qiziqishi susaymoqda, AQSh kompaniyalari aksiyalariga talab esa keskin oshmoqda.

Jahon valyuta bozorida dollar kursi bo‘yicha qarashlar o‘zgarib bormoqda. Investorlar orasida AQSh valyutasi yaqin oylarda yana mustahkamlanishi mumkin degan fikr ustunligicha qolmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, agar AQShda inflyatsiya yuqori darajada saqlanib qolsa va FZT stavkalarni pasaytirishga shoshilmasa, dollar qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlov oladi. Geosiyosiy xavflarning kuchayishi ham investorlarni xavfsiz aktiv sifatida dollarga qaytarishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 7-avgust kuni dollar kursi qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek