Tramp AQSh fuqaroligini tug‘ilish orqali olishga cheklovlar kiritdi

eʼlon qilindi
Endi aynan chaqaloqni dunyoga keltirish uchun AQSh‘ga bormoqchi bo‘lganlarga viza berilmasligi mumkin
Foto: Independent.com

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat hududida tug‘ilgan farzandlar orqali Amerika fuqaroligini olish amaliyotini cheklashga qaratilgan ikki yangi farmonni imzoladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Farmonlar 6-avgust kuni imzolangan. Bu Tramp ma’muriyatining AQSh hududida tug‘ilganlarga avtomatik fuqarolik berish tamoyilini cheklash bo‘yicha ikkinchi urinishi bo‘ldi.

Kimlarning farzandlariga fuqarolik avtomatik berilmasligi mumkin

Yangi hujjatlardan birida AQSh hududida tug‘ilgan bolaning ota-onasi xorij fuqarosi bo‘lgan ayrim holatlarda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga istisnolar kengaytiriladi.

Jumladan, ota-onadan kamida biri:

  • Terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lsa;
  • AQSh fuqaroligini firibgarlik yo‘li bilan olishga uringan bo‘lsa;
  • AQSh hududida boshqa davlat manfaatlarini ifodalasa, bolaga fuqarolik avtomatik berilmasligi nazarda tutilgan.
  • Oxirgi toifaga, xususan, xorijiy davlat diplomatlari ham kirishi mumkin.

«Tug‘ruq turizmi»ga qarshi yangi tartib

Ikkinchi farmon esa homilador xorijlik ayollarning AQShga aynan farzandini dunyoga keltirish va bola orqali Amerika fuqaroligini olish maqsadida borishiga qarshi qaratilgan.

Tramp ma’muriyati bunday safarlarni «tug‘ruq turizmi» deb atamoqda. AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Stiven Millerning ta’kidlashicha, agar safarning asl maqsadi farzandni AQShda dunyoga keltirish va unga avtomatik fuqarolik olish bo‘lsa, bunday shaxslarga viza berilmasligi kerak.

Uning aytishicha, ayrim xorijliklar mamlakatga sayyoh sifatida kirayotganini ko‘rsatadi, biroq asl maqsad AQShda farzand ko‘rish bo‘ladi.

Tramp: «Bu dastur atrofida biznes qurilmoqda»

Farmonlarni imzolash vaqtida Tramp «tug‘ruq turizmi» sabab AQShda yuz minglab bolalar tug‘ilganini da’vo qildi. Biroq prezident bu raqam qaysi davrga tegishli ekanini aniqlashtirmadi.

Trampning fikricha, AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olish imkoniyati atrofida alohida biznes shakllangan va boy xorijliklar bundan foydalanmoqda.

Trampning birinchi urinishi emas

Tramp ma’muriyati tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga avval ham uringan. 2025-yilning yanvarida Prezident ayrim xorijliklarning AQSHda tug‘ilgan farzandlariga avtomatik fuqarolik berilishini cheklashni ko‘zda tutuvchi farmonni imzolagan edi. Yangi hujjatlar esa ushbu siyosatni yana kun tartibiga olib chiqmoqda.

Aavvalroq AQSh Oliy sudi Tramp ma’muriyatiga Meksika bilan chegarada boshpana so‘ramoqchi bo‘lgan migrantlarni AQSh hududiga kiritmasdan turib qaytarishga ruxsat bergani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek