Andijon viloyatida 3 balli zilzila qayd etildi
eʼlon qilindi
Episentr Toshkent shahridan 276 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan

9-avgust kuni soat 08:33:36 da Andijon viloyati Marhamat tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda «Seysmologik» markaz ma’lumotlari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, zilzilaning magnitudasi 3, o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Episentr Toshkent shahridan 276 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan.
Zilzila ayrim tumanlarda sezildi
Yer silkinishi Marhamat tumanida 2–3 ball, Buloqboshi tumanida 2–3 ball kuch bilan sezilgan.
Shuningdek, Asaka tumanida 2 ball, Xo‘jaobod tumanida esa 2 ball kuch qayd etilgan.
Zilzila episentri 40,57° shimoliy kenglik va 72,37° sharqiy uzunlik koordinatalarida joylashgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Venesueladagi zilzilalarda 6,1 ming kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.