Jorjina Rodriges haqida ma’lumotlar, 500 dollargacha valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin — 10-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Pokiston O‘zbekistonga Best Western mehmonxona brendini olib kirmoqchi
Jorjina Rodriges haqida ma’lumotlar, 500 dollargacha valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin — 10-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklar
Kollaj: Kursiv Uzbekistan

Jorjina Rodriges haqida ma’lumotlar, 500 dollargacha valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin — 10-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklar «Kursiv» dayjestida.

Jorjina Rodriges haqida qiziqarli 5 ta fakt

Foto: Instagram

Bugun Jorjina Rodriges ko‘pchilikka Krishtianu Ronalduning jufti, model va ijtimoiy tarmoqlardagi mashhur shaxs sifatida tanish. Biroq uning hozirgi hashamatli hayotidan oldingi davri ancha boshqacha bo‘lgan. Kursiv Uzbekistan Jorjina Rodriges haqidagi beshta qiziqarli faktni jamladi.

O‘zbekistonda tog‘ va chegara hududlariga borish uchun ruxsat olish osonlashadi

O‘zbekistonda tog‘ va chegara hududlariga borish uchun ruxsat olish osonlashadi
Foto: Vadim Yerzikov / Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda faol turizmni rivojlantirish doirasida tog‘li va chegaraoldi hududlarga tashrif buyurish tartibini yengillashtirish rejalashtirilmoqda. Tegishli qaror loyihasida turistlar uchun ruxsat olish jarayonini raqamlashtirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda yangi turizm xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surilgan.

Netanyahu Trampning G‘azo bo‘yicha rejasini rad etdi

Netanyahu Trampning G‘azo bo‘yicha rejasini rad etdi
Foto: Shutterstock

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati qo‘llab-quvvatlayotgan G‘azo bo‘yicha 15 banddan iborat rejani rad etdi. Uning aytishicha, HAMAS to‘liq qurolsizlantirilmaguncha Isroil qo‘shinlari G‘azo sektoridan olib chiqilmaydi.

Netanyahu 9-avgust kuni hukumat yig‘ilishida Isroil 15 bandli hujjatni qabul qilmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u G‘azo bo‘yicha Vashington bilan muzokaralar davom etayotganini ta’kidladi. Oq uy uning bayonotiga darhol munosabat bildirmadi.

Denovda buzilgan uy o‘rniga oilaga yangi turar joy qurib beriladi

Denovda buzilgan uy o‘rniga oilaga yangi turar joy qurib beriladi
Foto: Videodan olindi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida noqonuniy qurilgan uy sud qarori asosida buzilganidan so‘ng, u yerda yashagan oilaga yangi uy-joy qurib berilishi ma’lum qilindi. Bu haqda viloyat Majburiy ijro byurosi xabar berdi.

Lionel Messi otasining dafn marosimiga bordimi

Foto: sportbox.ru

Argentinalik futbolchi Lionel Messi va uning oilasi 9-avgust kuni otasi Xorxe Messini Argentinaning Rosario shahri yaqinidagi xususiy qabristonda so‘nggi yo‘lga kuzatdi. Bu haqda EFE nashri xabar berdi.

68 yoshida vafot etgan Xorxe Messining dafn marosimi tor doirada va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida o‘tkazildi. Lionel Messi rafiqasi Antonela Rossuzzo va farzandlari bilan 8 avgust kuni AQShdan xususiy samolyotda Rosario shahriga yetib kelgan.

Marosim o‘tkazilgan El Prado qabristoni oilaga ko‘proq maxfiylik yaratish maqsadida tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopilgan.

O‘zbekistonliklar Fransiyaga ishga yuboriladi

Foto: Jardins-du-puygirault.com

O‘zbekiston fuqarolarini xorijda tashkil etilgan tartibda ishga joylashtirish geografiyasi kengaymoqda. Endilikda Fransiya ham ushbu yo‘nalishdagi davlatlar qatoriga qo‘shildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Agentlik tomonidan tashkil etilgan pilot loyiha doirasida O‘zbekiston fuqarolarini Fransiyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga joylashtirish bo‘yicha amaliy bosqich boshlandi.

Pokiston O‘zbekistonga Best Western mehmonxona brendini olib kirmoqchi

Pokistonning Khan International Investment Consortium kompaniyasi O‘zbekistonda mehmonxona biznesi, ko‘chmas mulk va turar joy majmualari yo‘nalishlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. «Dunyo» axborot agentligiga ko‘ra, kompaniya AQShning Best Western xalqaro mehmonxona brendini O‘zbekiston bozoriga olib kirish niyatida.

Xomanaiy uzoq vaqtdan keyin «katta sahnaga» qaytdi

Foto: Tasnim

Eron davlat agentligi – Mehr mamlakat oliy rahbari Mojtaba Xomanaiyning mart oyidan beri ommaga ko‘rsatilmagan ilk videosini e’lon qildi. Kadrlar qachon tasvirga olingani ma’lum qilinmagan.

Endi banklardan 500 dollargacha valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonda banklardan $500 gacha naqd chet el valyutasini pasport yoki ID-kartasiz sotib olish tartibi kuchga kirdi. Avval hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor $100 edi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjat 2026-yil 9-avgustdan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, endilikda fuqarolardan banklarda $500 gacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi.

Shuningdek