Koreyaga ishga yuborish uchun 5,9 ming dollar olgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda
Koreyaga ishga yuborish uchun 5,9 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Foto: Pexels

Toshkent viloyati Angren shahrida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, undan $5,9 ming olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qanday qo‘lga olindi

Departamentning Angren shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgani aniqlangan. U buning evaziga $5,9 mingni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik hamda 28, 211-moddalari — pora berish bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onada kadastr filiali rahbariga jinoyat ishi ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek