Namanganda nafaqaga chiqarish uchun pul olgan mutaxassis ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda
Namanganda nafaqaga chiqarish uchun pul olgan mutaxassis ushlandi
Foto: Departament

Namangan shahrida ikki nafar fuqaroni yoshga doir nafaqaga chiqarish va ularning nafaqa pullarini oshirib berishni va’da qilgan mutaxassis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Namangan shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Namangan shahar bo‘limi bosh mutaxassisi ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

200 dollar va 4,8 mln so‘m olgani aytilmoqda

Tergovga qadar tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, u ikki nafar fuqaroni yoshga doir nafaqaga chiqarish hamda ularga tayinlanadigan nafaqa miqdorini oshirib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga u fuqarolardan $200 va 4,8 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari — firibgarlikka suiqasd qilish bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Koreyaga ishga yuborish uchun $5,9 ming olgan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek