O‘g‘liga noodatiy ism qo‘ygan ayol qamaldi

eʼlon qilindi
Ona bu ismni tushda ko'rganini aytgan
Foto: The Mirror

Norvegiyada Kirsti Larsen ismli ayol o‘g‘liga qo‘ygan ismi sabab yuzaga kelgan nizodan keyin ikki kunlik qamoq jazosini o‘tab chiqdi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Norvegiya rasmiylari chaqaloqqa Gesher ismini berishni ma’qullamagan.
Rasmiylar ism xorijiy kelib chiqishga ega ekani, o‘g‘il bola uchun mos emasligi hamda norveg tilidagi Geser familiyasiga juda o‘xshashligi sabab chalkashliklar yuzaga kelishi mumkinligini bildirgan. Shundan so‘ng Kirsti Larsen va mahalliy hokimiyat o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Jarima qamoq jazosiga almashtirildi

Bola o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilmagani uchun Larsen 1 600 Norvegiya kronasi miqdorida jarimaga tortilgan. Biroq ayol jarimani to‘lashdan bosh tortgan. Uning fikricha, jarimani to‘lash o‘zining qandaydir aybini tan olganini anglatardi.
 
Larsenning daromadi va undirib olinishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bo‘lmagani sababli to‘lanmagan jarima ikki kunlik qamoq jazosiga almashtirilgan. Ayol belgilangan muddatni qamoqda o‘tagan.

Ism tushda aytilgan

Larsen o‘g‘liga Gesher ismini bejiz tanlamaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol tushida bir ovozni eshitgan va unda o‘g‘liga «ko‘prik» deb ism qo‘yish aytilgan. Shundan so‘ng u «ko‘prik» so‘zining ibroniy tilidagi muqobili – Gesher nomini tanlagan.

Shuningdek