O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko’p tug’ilyaptimi yoki qizlar

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Har 1 ming nafar aholiga o‘rtacha 19,6 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelgan
Foto: Kosmo.com

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 373 ming 389 ta tirik tug‘ilish holati qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo’mitasi xabar berdi.

Tug‘ilgan chaqaloqlarning 51,7 foizini o‘g‘il bolalar tashkil qilgan.

O‘g‘il bolalar ulushi yuqori

Qo‘mitaning ma’lumotlariga ko‘ra, yilning dastlabki olti oyida:
192,9 ming nafar o‘g‘il bola — 51,7 foiz;
180,5 ming nafar qiz bola — 48,3 foiz.

Shunday qilib, hisobot davrida o‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan qariyb 12,4 ming nafarga ko‘proq tug‘ilgan.

Tug‘ilishning qaysi qismi shaharlarga to‘g‘ri keladi

Qayd etilgan tug‘ilishlarning 49 foizi shahar joylarda, 51 foizi esa qishloq joylarda qayd etilgan.

Har ming aholiga 19,6 ta tug‘ilish

Qo‘mita hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda har 1 ming nafar aholiga o‘rtacha 19,6 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelgan.

O‘tgan yilga nisbatan tug‘ilishlar kamaygan

2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 405 508 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan edi.

2026-yilning shu davrida esa bu ko‘rsatkich 373 389 tani tashkil etdi. Shu tariqa, bir yil ichida tug‘ilishlar soni 32 119 taga yoki 7,9 foizga kamaygan.
Shuningdek, har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar soni ham 2025-yildagi 21,7 tadan 2026-yilda 19,6 tagacha pasaygan.

Avvalroq 2025-yilda O‘zbekistonda 11 040 ta nikohda kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek