Pavel Durov Toshkentdagi informatika olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlaydi

eʼlon qilindi
Algorithm Cups nomli eksklyuziv raqamli kolleksiyalar bilan
Pavel Durov Toshkentdagi informatika olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlaydi
Foto: Pavel Durov / Instagram

Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 o‘z ishini boshladi. Telegram asoschisi Pavel Durov olimpiada ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli yosh dasturchilar qatnashmoqda.

Telegram 235 nafar g‘olibga Algorithm Cups nomli eksklyuziv raqamli kolleksiyalarni taqdim etadi. Ularning umumiy qiymati kamida $117 mingga baholanmoqda.

Durov yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash tashabbusini e’lon qilar ekan, olimpiadaning Telegram jamoasi uchun ham alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, kompaniyaning ko‘plab jamoa a’zolari maktab davrida IOIda qatnashib, medallarni qo‘lga kiritgan.

«Eng yaxshi algoritm g‘alaba qozonsin!» — deb yozdi Pavel Durov.

Durovning fikricha, olimpiadaning O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani ham ramziy ma’noga ega. Chunki buyuk matematik olim Muhammad al-Xorazmiy nomi bugungi «algoritm» atamasining kelib chiqishi bilan bog‘liq.

IOI 2026 doirasida ishtirokchilar murakkab algoritmik masalalarni yechish orqali dasturlash bo‘yicha bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram nima uchun App Store’dan olib tashlangani haqida yozgandi.

Shuningdek