
8-avgust kuni Portugaliyaning Madeyra orolida 2 mingdan ortiq Krishtianu Ronaldu muxlisi futbolchi va uning qaylig‘i Jorjina Rodrigesning to‘yi bo‘lyapti, deb o‘ylab, boshqa juftlikning to‘yiga tashif buyurishgandi. Keyinroq bu Ronaldu va Jorjinaning emas, boshqa juftlikning to‘yi ekani ma’lum bo‘ldi. Futbolchi esa holatga kulgi emojilari bilan munosabat bildirdi.
Ronaldu kulgi bilan munosabat bildirdi

Hodisa haqida Madeyradagi mahalliy sahifalardan biri Instagram’da xabar berdi.
Ronaldu ushbu post ostida beshta kulib yig‘layotgan emoji qoldirdi. Bu uning adashilgan to‘y voqeasiga hazil bilan qaraganini ko‘rsatdi.
Mish-mishlarga Ronalduning opasi ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin
Xabarlarga ko‘ra, Ronalduning opasi Katya Aveyru Madeyraga «ziyofat» uchun kelganini yozgan. Bu esa muxlislar orasida to‘y haqidagi taxminlarni yanada kuchaytirgan.
Biroq avvalroq futbolchining opa-singillari Ronaldu bu yil, xususan, yaqin kunlarda uylanmasligini bildirgandi.
Ronaldu va Jorjina hali rasmiy sana aytmagan
Ronaldu va Jorjina 2025-yilda unashtirilgani xabar qilingan. Futbolchi avvalroq to‘y jahon chempionatidan keyin bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Hozircha juftlik to‘y sanasi va joyi haqida rasmiy ma’lumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda qiziga Kristianu Ronaldu bergan uzukni hadya qilgani aks etgan yangi suratlarini e’lon qilgandi. Mazkur uzukni Kristianu Ronaldu Jorjina Rodrigesga unashtiruv munosabati bilan sovg‘a qilgan. Mutaxassislar uning qiymatini $3 mln dan $6 mln gacha baholagan.