Akademik litseylarga kirish bo‘yicha apellyatsiya sanasi belgilandi

eʼlon qilindi
Talabgorlarning murojaatlari 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi
Akademik litseylarga kirish bo‘yicha apellyatsiya sanasi belgilandi
Foto: imtihon.uz

2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Apellyatsiya 14-avgustda o‘tkaziladi

Test natijasidan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi.

Apellyatsiyada ishtirok etadigan har bir talabgor uchun kelish joyi, sana va aniq vaqt my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.

Qanday hujjatlar kerak

Apellyatsiyaga ariza bergan talabgorlar belgilangan vaqtda Bilimni baholash agentligiga borishi kerak.

Bunda ular o‘zi bilan:

  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
  • abituriyent ruxsatnomasini olib kelishi shart.

Talabgorlar apellyatsiya o‘tkaziladigan joy va vaqtni oldindan my.edu.uz dagi shaxsiy kabinetidan tekshirishi lozim.

Apellyatsiya jarayonida test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan akademik litseylarga kirish bo‘yicha mandat e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek