O‘zbekistonda yetti oyda ish joylarida 156 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Hodisalarning 132 tasi o‘lim bilan yakunlangan
Foto: Solidarnost.net

2026-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Ularda jami 580 nafar kishi jabrlangan, 156 nafari esa vafot etgan. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.

156 kishi halok bo‘lgan

Baxtsiz hodisalarning 132 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Shuningdek, 372 ta hodisa og‘ir oqibatli, 24 tasi esa guruhiy baxtsiz hodisa sifatida qayd etilgan.

Jabrlanganlarning:

  • 402 nafari og‘ir jarohatlangan;
  • 22 nafari yengil jarohatlangan;
  • 156 nafari vafot etgan.

11,3 mlrd so‘m zarar puli undirildi

Baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlar va ularning oilalariga yetkazilgan zarar uchun jami 11 mlrd 379 mln so‘m miqdorida bir yo‘la va oyma-oy to‘lanadigan kompensatsiyalar undirib berilgan.

Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ish joylarida mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilish baxtsiz hodisalarning oldini olishning asosiy choralaridan biri sanaladi.

2025-yilda 248 ta o‘lim

2025-yil yakunlari bo‘yicha esa O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 849 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Ularda 248 kishi vafot etgan, 961 kishi jabrlangan.

Avvalroq Andijonda ish vaqtida tan jarohati olib vafot etgan xodimning rafiqasi Bandlik vazirligiga murojaat qilgani va unga 485,7 mln so‘m mablag’ undirib berilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek