Rodriges mish-mishlarga nuqta qo‘ydi, Husanov «Manchester Siti» safiga qaytadimi — 11-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti
Kollaj: Kursiv Uzbekistan

Rodriges mish-mishlarga nuqta qo‘ydi, Husanov «Manchester Siti» safiga qaytadimi — 11-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv uzbekistan dayjestida.

Jorjina Rodriges Ronaldu bilan yashirin to‘y haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

Jorjina Rodriges Ronaldu bilan yashirin to‘y haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi
Foto: Instagram/ @georginagio

Jorjina Rodriges va Krishtianu Ronaldu yaqin kunlarda yashirincha turmush qurishi mumkinligi haqidagi xabarlar yana tasdiqlanmadi. Portugaliyada juftlikning ehtimoliy to‘yi kutilayotgan bir paytda, Jorjina farzandlari bilan Italiyaning Kapri oroliga yo‘l oldi.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, avvalroq ijtimoiy tarmoqlar va ko‘ngilochar nashrlarda Ronaldu va Jorjina avgust boshida Portugaliyaning Madeyra orolidagi Funshal soborida nikohdan o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq bunday marosim bo‘lib o‘tmadi.

YouTube monetizatsiya talablarini ikki baravar oshiradi

YouTube monetizatsiya talablarini ikki baravar oshiradi
Manba: depositphotos

YouTube 2027-yil 1-fevraldan hamkorlik dasturi — YouTube Partner Program (YPP) orqali reklama va obunalardan daromad olish shartlarini kuchaytiradi. Bu haqda TechCrunch xabar bermoqda.

Hozirgi talab bo‘yicha kanal 1 ming obunachiga ega bo‘lib, oxirgi 12 oyda 4 ming soat tomosha vaqtini yoki 90 kun davomida 10 mlnta haqiqiy Shorts ko‘rishini yig‘ishi talab qilinadi. Shunday qilib, ko‘rishlar bo‘yicha asosiy mezonlar ikki baravar oshirilmoqda.

O‘zbekistonda yetti oyda ish joylarida 156 kishi halok bo‘ldi

Foto: Solidarnost.net

2026-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Ularda jami 580 nafar kishi jabrlangan, 156 nafari esa vafot etgan. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.

Baxtsiz hodisalarning 132 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Shuningdek, 372 ta hodisa og‘ir oqibatli, 24 tasi esa guruhiy baxtsiz hodisa sifatida qayd etilgan.

Husanov «Manchester Siti» safiga qachon qaytadi

Foto: Mancity.com

O’zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning mavsumoldi Osiyo turini muddatidan avval tark etib, O‘zbekistonga qaytgandi. Futbolchiga jamoani shaxsiy sabab tufayli tark etishga ruxsat berilgani ma’lum qilingan. Manchester Evening News xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik himoyachining tez orada jamoa mashg‘ulotlariga qaytishi kutilmoqda.

Yangi issiqlik oqimi: jazirama yana qancha davom etadi

Foto: Zdfheute.de

Yevropada iyul oyidagi rekord issiqlikdan so‘ng yana kuchli jazirama to‘lqini kuzatilishi kutilmoqda. Joriy haftaning o‘rtalariga borib, London, Parij va Rimda havo harorati 35°C dan yuqori, Madrid va ayrim hududlarda esa 40°C atrofida yoki undan yuqori bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Weather Channel xabar berdi.

Xiva yo‘nalishidagi poyezdlar vaqtincha Urganchgacha qatnaydi — jadval

Toshkent–Bekobod yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Texnik sabablarga ko‘ra, ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritildi. «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lumotiga ko‘ra, belgilangan kunlarda Xiva yo‘nalishidagi ayrim poyezdlar Urganchgacha harakatlanadi.

Rossiyada halok bo‘lgan 8 nafar o‘zbekistonlikni olib kelish uchun hukumat komissiyasi tuzildi

Rossiyada halok bo‘lgan 8 nafar o‘zbekistonlikni olib kelish uchun hukumat komissiyasi tuzildi
Foto: «Vkontakte»

Rossiyaning Tatariston Respublikasi Nijnekamsk shahrida dron hujumi oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya halok bo‘lgan fuqarolarni maxsus aviareys orqali O‘zbekistonga olib kelish va ularning oilalariga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qanchaga oshdi

Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qanchaga oshdi
Foto: depositphotos

10-avgust holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,1 foizdan 21,3 foizga oshdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,3 foizni ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egalladi
Foto: Pexels

O‘zbekiston 2024-yil yakunlariga ko‘ra, yangi uzilgan gilos eksporti hajmi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egalladi. BMTning Comtrade xalqaro savdo ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, mamlakat o‘sha yili 32,2 ming tonna gilosni xorijga yetkazib bergan. Eksport qiymati $70,4 mln ni tashkil etgan.

2026-yilda ham gilos eksporti davom etmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 11 ta davlatga jami 23,3 ming tonna gilos eksport qilgan. Yetkazib berilgan mahsulotlar qiymati $57,9 mln ga yetgan.

Xomanaiy jismonan sog’lom – Pezeshkiyon

Foto: President.ir

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakat oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida jismonan to‘liq sog‘lom bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Eron davlat televideniyesi IRIB xabar berdi

Pezeshkiyonning so‘zlariga ko‘ra, u Xomanaiy bilan 9-avgust kuni uchrashgan va suhbat 7–8 soat davom etgan.

Tramp ma’muriyati 175 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh 75 mamlakatga viza berishni to‘xtatdi, ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor
Foto: Visasnews

AQSh Davlat departamenti prezident Donald Tramp davrida xorijiy fuqarolarga berilgan 175 mingdan ortiq vizani bekor qildi, deya xabar berdi Al Jazeera. Idora ma’lumotiga ko‘ra, aksariyat holatlar jinoyat, viza qoidalarini buzish, firibgarlik va milliy xavfsizlikka tahdidlar bilan bog‘liq.

Shuningdek