Telegram bir kunda 100 mingdan ortiq kanal va guruhni blokladi

eʼlon qilindi
2026-yil avgust oyi boshidan buyon Telegram jami 834 113 ta kanal va guruhni bloklagan
Telegram bir kunda 100 mingdan ortiq kanal va guruhni blokladi
Foto: Pexels

Telegram 2026-yil 10-avgust kuni 101 205 ta kanal va guruh faoliyatini chekladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ushbu ko‘rsatkich 5-avgustdan beri bir sutka ichida bloklangan hamjamiyatlar soni yana 100 mingdan oshganini anglatadi. Telegram statistikasi bo‘yicha, 5-avgust kuni ham 102 278 ta kanal va guruh bloklangan edi.

Avgust boshidan 834 mingdan ortiq hamjamiyat bloklandi

2026-yil avgust oyi boshidan buyon Telegram jami 834 113 ta kanal va guruhni bloklagan. Platforma ma’lumotiga ko‘ra, shundan 4 608 tasi terrorizm bilan bog‘liq deb topilgan hamjamiyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yil boshidan buyon esa Telegram tomonidan bloklangan kanal va guruhlar soni 22,59 mln taga yetgan. Ularning 158 750 tasi terrorizm bilan bog‘liq kontent tarqatgani sabab cheklangan.

Telegram moderatsiyada sun’iy intellektdan foydalanmoqda

Telegram noqonuniy va platforma qoidalariga zid kontentni aniqlash uchun bir nechta moderatsiya mexanizmlaridan foydalanadi.

2015-yildan buyon foydalanuvchilarning shikoyatlari va mashinaviy o‘rganishga asoslangan proaktiv monitoring tizimi qo‘llanib kelmoqda.

2024-yil boshidan esa moderatsiya vositalariga sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar ham qo‘shilgan. Ushbu tizimlar yordamida Telegram qoidalarga zid kontentni tarqatuvchi kanal va guruhlarni aniqlash hamda ularning faoliyatini cheklashni tezlashtirishga harakat qilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» YouTube monetizatsiya talablarini ikki baravar oshirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek