Gadjetlar

Xiaomi Redmi K100 flagman smartfonlarini taqdim etdi — foto

Smartfonlarning ikkisi ham Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi
Xiaomi Redmi K100 Pro va Pro Max flagman smartfonlarini taqdim etdi — foto
Foto: ITHome

Xiaomi Redmi K100 seriyasining yangi flagman smartfonlari — K100 Pro va K100 Pro Max’ni namoyish qildi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Qurilmalar Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori, 200 megapikselli kamera va katta sig‘imli akkumulyatorlar bilan jihozlangan.

Snapdragon 8 Elite Gen 5 va 185 Gts ekran

Smartfonlarning ikkisi ham Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi. Qurilmalar 12 yoki 16 GB LPDDR5X tezkor xotira hamda 256 yoki 512 GB UFS 4.1 doimiy xotira bilan taklif etiladi. Pro Max versiyasida 1 TB xotira varianti ham mavjud.

Redmi K100 Pro 6,59 dyuymli, Pro Max esa 6,9 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan. Har ikkala ekran 185 Gts yangilanish chastotasini va 4500 nitgacha yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

200 MP kamera

Ikki modelning asosiy kamerasi 200 megapikselli Samsung sensoridan iborat. Shuningdek, qurilmalarda 50 MP telefoto kamera va 32 MP old kamera mavjud.

Modellar keng burchakli kamera bo‘yicha farqlanadi: K100 Pro’da 8 MP, K100 Pro Max’da esa 50 MP OmniVision sensori o‘rnatilgan. Telefoto kamera 3 karra optik yaqinlashtirish imkonini beradi.

9000 mA·soatga yaqin akkumulyator

Redmi K100 Pro 8580 mA·soat, Pro Max esa 9070 mA·soat sig‘imli batareyaga ega. Har ikkisi ham 100 Vt tezkor va 50 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Pro Max modelida qo‘shimcha ravishda Bose kompaniyasining 2.1 kanalli audio tizimi hamda kattalashtirilgan bug‘lanish kamerasi mavjud.

Smartfonlar Android 16 asosidagi HyperOS 3.0 operatsion tizimida ishlaydi. Shuningdek, Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0 va NFC texnologiyalari qo‘llab-quvvatlanadi.

Narxi qancha

Smartfonlar hozircha Xitoyda oldindan buyurtma uchun taqdim etilgan:

  • Redmi K100 Pro (12/256 GB) — 3699 yuan, taxminan $517;
  • Redmi K100 Pro Max (12/256 GB) — 4199 yuan, taxminan $587.

Narxlar Xitoydagi oldindan buyurtma qiymati bo‘lib, boshqa bozorlarda farq qilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Redmi Note 17 global bozorga chiqqani haqida yozgandi.