«Zapravka»larda iyul oyida naqdsiz tushum 4 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Oy davomida 19,3 mln tranzaksiya amalga oshirilgan
11-fevraldan metan "zapravka"lar odatdagi ish rejimiga qaytadi
Foto: Energetika vazirligi

O‘zbekistonda 2026-yil iyul oyida avtomobil yonilg‘i quyish shoxobchalarida naqd pulsiz savdo tushumlari 3,75 trln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyiga nisbatan tushum 4,2 foiz (0,15 trln so‘m)ga oshdi.

Oy davomida 19,3 mln tranzaksiya amalga oshirilgan

Iyul oyida avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarida jami 19,3 mlnta tranzaksiya amalga oshirildi.

Kunlik o‘rtacha tranzaksiyalar soni 623,1 mingtani tashkil etdi. Tushumlar hajmida kunlar kesimida ayrim o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, umumiy dinamika barqaror saqlangan.

To‘lovlarning asosiy qismi bank kartalari orqali bo‘lgan

AYQShlardagi to‘lovlarning katta qismi mavjud bank kartalari orqali amalga oshirilgan. Ularning ulushi 90,5 foizni yoki 109,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Moment bank kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar ulushi 6,6 foizga teng bo‘lgan. Bu 7,9 mlrd so‘mlik tushumni anglatadi.

Yonilg‘i kartalari ulushi 2,9% bo‘ldi

Yonilg‘i kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar 3,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu umumiy to‘lovlar tarkibida 2,9% ulushga teng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda kartaga naqd pul kiritish komissiyasi bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Mutasaddilar naqdsiz hisob-kitoblar ulushi oshib borayotgani sababli bank infratuzilmasini ham takomillashtirish zarurligini qayd etdi.

Shuningdek