2026-yil oxirigacha 10 ga yaqin Nokia tugmali telefoni chiqarilishi mumkin

12-avgust 2026 16:16 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2026-yil oxirigacha 10 ga yaqin Nokia tugmali telefoni chiqarilishi mumkin
Foto: SI

HMD kompaniyasi 2026-yil oxirigacha o‘z brendi ostida 10 ga yaqin yangi tugmali telefonni bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda. Hozircha qurilmalarning aniq nomlari, texnik xususiyatlari va narxlari oshkor qilinmagan.

HMD so‘nggi yillarda klassik tugmali telefonlar segmentida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Kompaniya avval Nokia brendi ostida shu turdagi qurilmalarni ishlab chiqargan bo‘lsa, keyinchalik o‘zining HMD brendini ham rivojlantira boshladi.

Nokia tugmali telefonlari davri yakunlanmoqda

2025-yil aprelida HMD Nokia brendi ostidagi so‘nggi tugmali telefonlarni tayyorlayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Ular orasida Nokia 3510 4G, Nokia 5710XA 4G va Nokia 130 Music kabi modellar tilga olingan.

Bunga HMD va Nokia o‘rtasidagi litsenziya kelishuvining 2026-yilda yakunlanishi sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, HMD 2023-yildan boshlab o‘z brendini faol rivojlantirib kelmoqda. Kompaniya Nokia qurilmalari bilan bir qatorda HMD nomi ostida ham smartfon va tugmali telefonlarni bozorga chiqarishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nokia yangi tugmali telefonlarini SI va videoqo‘ng‘iroq bilan yangilagani haqida ma’lumot berilgandi. SI yordamchisi navigatsiya blokining markazida joylashgan maxsus tugma orqali faollashtiriladi. Foydalanuvchilar undan oddiy savollar berish hamda telefonning ayrim funksiyalarini ovozli buyruqlar yordamida boshqarish uchun foydalanishi mumkin.

Shuningdek