Dollar oshdi: 13-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
12-avgust kuni dollar 44,66 so‘mga tushib, 11 889,95 so‘m bo‘lgan edi
Dollar oshdi: 13-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Rasm: SI

13-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 58,63 so‘mga oshib, 11 948,58 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 6-avgustda esa 55,49 so‘mga tushib, 11 886,72 so‘m bo‘ldi. 7-avgust kuni 28,92 so‘mga oshib, 11 915,64 so‘mni, 10-avgust kuni 36,46 so‘mga oshib, 11 952,10 so‘mni, 11-avgust kuni esa 17,49 so‘mga tushib, 11 934,61 so‘mni tashkil etdi. 12-avgust kuni dollar 44,66 so‘mga tushib, 11 889,95 so‘m bo‘ldi.

Yevro kursida ham o‘sish kuzatildi. Yevropa valyutasi 76 so‘mga oshib, 13 793,44 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 0,36 so‘mga oshib, 144,29 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 12-avgust kuni dollar kursi qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek