Samsung Galaxy telefonlari uchun AOD yangilanishi chiqdi

12-avgust 2026 08:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy telefonlari uchun AOD yangilanishi chiqdi
Foto: depositphotos

Samsung Galaxy smartfonlaridagi Always On Display (AOD) funksiyasi uchun yangi yangilanishni tarqata boshladi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Always On Display ilovasining 8.9.55.2 versiyasi ayrim til sozlamalarida bloklash ekranidagi soat bilan bog‘liq grafik xatoni bartaraf etadi.

Yangilanish hozircha One UI 9.0 va One UI 8.5 operatsion interfeyslarida ishlayotgan Galaxy qurilmalari uchun taqdim etilayotgani aytilmoqda.

Bloklash ekranidagi soat bilan bog‘liq xato tuzatildi

Samsung ma’lumotiga ko‘ra, yangi versiyadagi asosiy o‘zgarish ayrim tillar tanlanganda bloklash ekranidagi soat interfeysida yuzaga keladigan grafik muammolarni bartaraf etishdan iborat.

SamMobile tahririyati ushbu nosozlikni o‘z qurilmalarida kuzatmaganini qayd etdi. Shunga qaramay, yangilanish tavsifidan kelib chiqib, muammo ayrim foydalanuvchilarda ma’lum til sozlamalari bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan.

Always On Display Galaxy smartfonlarida ekran to‘liq yoqilmagan holatda vaqt va boshqa muhim ma’lumotlarni ko‘rsatish imkonini beradi.

Yangilanish One UI 9.0 va One UI 8.5 uchun tarqatilmoqda

Yangi Always On Display versiyasi One UI 9.0 asosidagi Android 17 hamda One UI 8.5 asosidagi Android 16 QPR2 tizimlarida ishlaydigan qurilmalar uchun mavjud bo‘layotgani qayd etilgan.

Yangilanishni Galaxy Store orqali o‘rnatish mumkin. Buning uchun foydalanuvchi Galaxy Store ilovasidagi menyuga kirib, yangilanishlar bo‘limidan mavjud ilovalarni yangilashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A18 4G qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek